Репост:
Bilasizmi, musulmonlarning eng yaxshi quroli nima? Bu duodir. Duo oson va tez natija beradi. Payg'ambarimiz Solallohu alayhi vasallam va sahobalar doim duo qilib, ne'matlarni Allohdan so'rardilar.
"Ey Muhammad! Agar bandalarim sendan Meni so'rasalar, Men albatta, yaqinman. Duo qilsalar, ijobat qilurman" (Baqara surasi, 186-oyat).
Agar muvaffaqiyatga erishishni 100 foizli ko'rsatkichda oladigan bo'lsak, uning yetishmasligi ham shuncha sizga bosim yuklaydi. Masalan, endigina ishdan bo'shatilgan xodimni olaylik. Bu ishda ikki omilni sabab qiladi.
Birinchisi: Kimnidir aybdor qiladi, bularning barchasi falonchining aybi: yo xo'jayini, yo kompaniya, yoki xotini.
Ikkinchisi: Ushbu muvaffaqiyatsizlikda bir hikmat bor, oqibat Allohniki, deydi. Allohga tavakkal qiladi, bu orqali u o'zidagi bosimdan halos bo'ladi.
"Musulmon tadbirkor" kitobidan.