Репост:
Kibr insonni nafaqat boqiy hayotda, balki bu dunyoni oʻzidayoq sindirib qoʻyadi.
Yaxshi uyda yashashing, qimmat doʻkonlardan kiyinishing, chiroyli joylarda sayohat qilib, ovqatlanishing seni hech qanaqasiga boshqalardan ustun qilib qoʻymaydi.
Bu Alloh senga bergan ne’mat, rizq, qadar.
Xohlasa olib qoʻyishga ham qodir Zot.
Yaxshiroq Qur’on oʻqishing, ibodatda ilgariliging, ilmliroq ekaning, bular ham faxrlanadigan narsalar emas.
Bu ham Allohning fazli.
Alloh bermasa hech kimsan.
Kamtarlik hech qachon zamondan ortda qolmaydi.
Insonni bezab turadigan narsa siniqlik aslida.
Oʻzingga nazar sol, kimning marhamati bilan shu holdasan?
Senga salomatlikni kim berdi?
Qoʻlingdagi mol mulkning asl sohibi kim?
Urib turgan yuraging toʻxtaganda, ruhing qay tomon ketadi?
Omonatni yana kimga qaytarib topshirasan?
Sen bandasan. Seni sohibing, Robbing bor.
Sen Uning qulisan.
Senga berganlariga shukr qilib, tavozeda yur.
Kibr shaytonning quroli.
Hasad ham undan.
Oʻzingni halok qilishingga arzimas narsalarga chalgʻima.
Kimligingni, qayerdan kelganingni va qayerga ketishingni unutma.
Dunyo keng, orzu havaslarning keti uzilmaydi, sigʻsa shu keng dunyoga sigʻaveradi.
Ammo, qabr-tor.
Va sen u yerda yolgʻiz qolasan.
Sen qilgan orzular senga sherik boʻlmaydi.